So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 501-520 of 530 items.
#So`zIzohKategorya 
  
501ActiveX Veb-sahifalar yaratuvchilariga interaktiv muhitni yaratish imkonini beruvchi texnika vositalari va amallar to‘plami, ko‘p sonli asboblarni yaxlit qilib birlashtirish vositasi. 1
502Ada Yгqori pog‘ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri - 1980 yillar boshida AqSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo‘llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo‘lib, jiddiy to‘ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va murakkab axborot tizimlari yaratishni ta’minlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Ada ma’lumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini qo‘llaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys (1815-52) sharofati bilan shunday nom olgan. 1
503ADC Analog to Digital Converter Analog-raqamli o‘zgartirgich. Analog signalni raqamli kodga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, ya’ni analog kirish signali kuchlanishining har bir qiymatiga chiqishdagi raqamli kodning muayyan qiymati mos keladi. ADC asosan tovush kartasida mavjud bo‘lib, tashqi manbadan kelayotgan tovushni qattiq diskka yozish uchun ishlatiladi. 1
504ADMA Advanced DMA (controller) Takomillashtirilgan DMA kontrolleri. 1
505ADO ActiveX Data Objects ActiveX ma’lumotlarining ob’ektlari. Microsoft kompaniyasining COM-ob’ektlar orqali ma’lumotlar bazalaridan foydalanish texnologiyasi. 1
506Adobe Systems Dasturiy ta’minot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya. Adobe Systemsning eng mashhur mahsuloti - bu Acrobat ko‘rish muharriridir. Kompaniya stolusti nashr tizimlari va shrift to‘plamlarini ishlab chiqaradi. Kompaniya tomonidan yaratilgan grafik tasvirlarga (Photoshop, Illustrator) va videofilmlarga (Premiere) ishlov berish amaliy dasturlari keng tarqalgan. 1
507ADPCM Adaptive Differential Pulse Code Modulation Moslashuvchan differensial impuls-kodli usul asosida modullash. Nutqni zichlashtirib raqamli kodlash uchun ITU standarti. O‘tkazish qobiliyati 32 Kbit/sekund bo‘lgan kanal orqali nutqni uzatish imkonini beradi. Telefoniyada ishlatiladi. 1
508ADSL Asymmetric Digital Subscriber Line Asimmetrik raqamli abonent liniyasi. Ma’lumotlarni telefon liniyalari bo‘ylab yuqori tezlik bilan uzatish texnologiyasi. DSL oilasiga mansub texnologiyalardan biri. Ommaviy foydalanuvchilarga mo‘ljallangan nisbatan arzon texnologiyadir. Ma’lumotlarni uzatish asimmetrik, ya’ni dastlabki trafikka nisbatan chiqish trafigiga ancha kattaroq chastota oralig‘i ajratiladi. 8 Mbit/sekund tezlikkacha signallarni qabul qilib, 1 Mbit/sekundgacha tezlik bilan uzatadi. ADSL-modemlar orasidagi telefon simlarining uzunligi 7 kmdan oshmasligi kerak. Ish vaqtida ma’lumotlarni uzatish tezligi telefon liniyasining ahvoliga (shovqin darajasi, to‘siqlar soni va h.k.) qarab o‘zgarishi mumkin. Bundan tashqari, ADSL- ulanish shovqinlarga, ayniqsa shu telefon kabelidan o‘tkazilgan boshqa raqamli aloqa liniyalaridagi shovqinlarga sezgirdir. 1
509ADT Abstract Data Type Ma’lumotlarning mavhum turi. Muayyan amalga oshirilmay, ularning usullarini va xossalarini sanab o‘tish orqali belgilanadigan ma’lumotlar turi (mavhum klassi). 1
510AFTN Aeronautical Fixed Telecommunication Network Aviatsiya aloqasining ko‘chmas tarmog‘i. 1
511AFTP Anonymous FTP Anonim FTP-server. Anonim tarzda (Anonymous nomi bilan) ulanishga ijozat beradigan FTP-server. 1
512AGC Automatic Gain Control Kuchaytirishni avtomatik rostlash. 1
513AIX Advanced Interactive eXecutive IBM rivojlantirayotgan UNIX versiyasi. 1
514AJAX Asynchronous Javascript And XML Asinxron JavaScript va XML. Brauzer ma’lumotlarining veb-server bilan fonda almashishini ta’minlaydigan veb- qo‘llanmalarning interaktiv foydalanuvchi interfeyslarini qurish usuli. Natijada ma’lumotlar yangilanganda veb-sahifa to‘liq qayta yuklanmaydi, veb-qo‘llanmalar esa tezroq va qulayliroq bo‘ladi. 1
515Alcatel-Lucent Tarmoqlar uchun jihozlar ishlab chiqaruvchi kompaniya. 2006 yilning 1 dekabrida ikkita kompaniya - Alcatel va Lucent Technologies birlashishi natijasida yaratilgan. 1
516AGP Accelerated Graphics Port Tezlashtirilgan grafik port, AGP-port. Videokartani shaxsiy kompyuterga ulash uchun interfeys spetsifikatsiyasi. 1
517AI 1 Artificial Intelligence – Sun’iy tafakkur. 2 Analog Input – Analog kirish. 1
518AIM AOL Instant Messenger AOL kompaniyasi xizmatlaridan biri. Oniy xabarlar almashish dasturining nomi. 1
519AIT Advanced Intelligent Tape “Tafakkur tasmasi”. Sony firmasi tomonidan ishlab chiqilgan magnit tasmada yozuv qurilmasining turi. 1
520ALU Arithmetic and Logic Unit Arifmetik-mantiqiy qurilma, AMq. Protsessorning arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradigan qismi. 1