So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 361-380 of 530 items.
#So`zIzohKategorya 
  
361qo‘shilish Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq ma’lumotlar oqimini birlashtirish. 1
362halqa tarmog‘i O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. SHu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. YUqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. 1
363halqali tekshirish Raqamli axborotning ishonchliligini “shleyf” bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha ma’lumotlar oqimini retranslyasiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. 1
364halqasimon tekshiruv uchun test Halqasimon tekshiruv rejimida ishonchlilikni baholashda foydalaniladigan test ketma-ketligi. Ishonchlilikni baholash uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketlikni taqqoslash hamda sinovlarni o‘tkazishning butun davrida aniqlangan xatolar sonini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1
365hammabop elektron savdo maydonchasi Har xil sotuvchilar tomonidan boshqariladigan va turli tuman mahsulotlar hamda xizmatlarni tarqatadigan elektron do‘konlar majmuasi. 1
366harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlar guruhi Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983 yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993 yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995 yilda DVD raqamli videodisk pleerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. 1
367harfli-raqamli kodlash Harflar, sonlar va alfavitning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. 1
368haqiqiy vaqt Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt ob’ektning kirish signallariga yoki ma’lumotlarga javoban shunday ta’sirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki ma’lumotlarni etarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik ishlov berish bajariladi. 1
369haqiqiy vaqt tili Haqiqiy vaqt rejimida ishlaydigan tizimlar jarayonlarini tavsiflash uchun foydalaniladigan maxsus til. Haqiqiy vaqt tillariga ADA va Modula tillari kiradi. 1
370haqiqiylikni tekshirish Shaxs yoki ob’ekt haqiqiyligini tekshirish jarayoni. Masalan, foydalanuvchi haqiqiyligini tekshirish uchun foydalanuvchining ismi va paroli kerak bo‘lishi mumkin. 1
371hisobdorlik Tizim sub’ektlari faoliyatini nazorat qilish va ma’lum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. 1
372hisoblash jarayoni Kompyuterda vazifalarni bajarish jarayoni. 1
373hisoblash majmui Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui 1
374hisoblash mashinasi Axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui. Hisoblash mashinalari murakkab va takrorlanadigan vazifalarni tezda, aniq va sifatli bajarishi hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tezda saqlashi va o‘qishi mumkin. Mashinalarning ikkita turi bor: raqamli hisoblash mashinalari va analog hisoblash mashinalari. Hozirgi paytda asosan raqamli hisoblash mashinalari ishlatiladi. 1
375hisoblash resurslari almashuvi Internetga ulangan bir nechta kompyuterlar orasida hisoblash va boshqa resurslar bilan almashish imkoniyatini beradigan texnologiya. 1
376hisoblash texnikasi vositalarining muhofazalanganligi ko‘rsatkichi Muhofazalanganlikni belgilovchi tavsifnoma. Muhofazalanganlik klassga ko‘ra pog‘ona va chuqurlik bo‘yicha o‘zgarib boruvchi ma’lum talablar guruhi. 1
377hisoblash texnikasi vositalarining muhofazalanganlik klassi Hisoblash texnikasi vositalarini axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalashga doir aniq talablar majmui. 1
378hisoblash texnikasi vositasi Axborot raqamli shaklda taqdim etilgan holda axborotga ishlov berish uchun texnika vositasi. Hisoblash texnikasi vositasiga protsessorlar, selektiv va multipleks kanallari, tashqi xotira qurilmalari, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari, foydalanuvchining kompyuter bilan bevosita aloqa qilish qurilmalari, ma’lumotlarga masofadan ishlov berish tizimlari qurilmalari, ishonch oshirish qurilmalari va h.k. kiradi. 1
379hisoblash texnikasining ob’ekti Ko‘chmas yoki ko‘chma ob’ekt. Axborotga ishlov berishga oid muayyan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan hisoblash texnikasi vositalarining majmuasi. Hisoblash texnikasi ob’ektlariga avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborot-hisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa majmualari kiradi. 1
380hisoblash tizimi Ma’lumotlarga ishlov berish vazifasini bajarish uchun kompyuterning o‘zaro ishlovchi apparatli va dasturiy vositalari majmui. Hisoblash tizimi misoli sifatida dasturlar o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterni keltirish mumkin. 1