So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 421-440 of 530 items.
#So`zIzohKategorya 
  
421qaynoq almashtirish Elektr manbaini o‘chirmagan va tizim ishini to‘xtatmagan holda tizimning ichki bloklarini, masalan, server qattiq disklarini almashtirish usuli. 1
422qaynoq zaxiralash Zaxiralash usuli bo‘lib, unda qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan paralel ishlaydi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil amallarni bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, agar ular ishida kamchilik aniqlangan bo‘lsa rezervga o‘tish mumkin. 1
423qayta uzatkich Radiotarmoqda ikkita radiokanal o‘zaro ishlashini ta’minlovchi ko‘prik. 1
424qayta ulanadigan konsentratorli halqa O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya ma’nosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. 1
425qaytishdagi yo‘qotishlar Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. 1
426qaytishdagi optik yo‘qotishlar Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. 1
427qarshi yo‘naltirilgan interfeys Interfeys turi, bunda aloqa liniyasining qarama-qarshi uchlaridagi stansiyalardan biri boshqaruvchi, ikkinchisi boshqariluvchi bo‘ladi. Sinxrosignal har doim boshqaruvchi stansiyadan axborot va taktli signallarni uzatish yo‘nalishi o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan boshqariluvchi stansiyaga uzatiladi. 1
428qarshi ta’sir Akustik va optik aloqa vositalarining ishini qiyinlashtiruvchi chora va tadbirlar. Radiokanallarga nisbatan radioelektron bostirish atamasi ishlatiladi. 1
429qarshi chora Resurs xavfsizligiga tahdidlarning aniq turlarini amalga oshirishga qarshi qaratilgan xavfsizlik chorasi. 1
430qator Munosabatli axborot bazasida qator biror bir jadval sxema bilan tavsiflanadigan ob’ekt atributlar yig‘imidan (kortejdan) iborat. 1
431qattiq disk Diskovodda doim mustahkamlangan qattiq magnit disk yoki disklar majmui. U yozish va o‘qish kallaklari bilan birga changdan tozalangan atmosfera bosimi ostida oddiy havo bilan to‘ldirilgan germetik yopiq korpusga solingan bo‘ladi. Diskning aylanishida uning ustida kallaklarning disk ustidan tahminan bir necha mikron balandlikda osilib turishini ta’minlovchi “havo yostig‘i” paydo bo‘ladi. IBM muhandislari o‘zlarining birinchi qattiq magnit diskda jamlovchilarini Vinchester deb atashgan. Bunga sabab qattiq diskning 30 Mbitli ikkita plastinadan (30-30) iborat bo‘lganligidir. Bu loyiha rahbari Ken Xotonga (Ken Haughton) Vinchester miltig‘ini (0,30 kalibrli ikki stvol) eslatgan. 1
432qizil kitob 1 AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan kompyuter tarmoqlarini baholash bo‘yicha yo‘riqnoma sifatida chiqarilgan kitobi. National Computer Security Center nashri. U hisoblash tarmoqlari uchun Trusted Computer System Evaluation Guidelines (TCSEC)ni ta’riflab bergan. qizil muqovali ikkita alohida kitobdan iborat. Birinchisi Trusted Network Interpretation of the Trusted Computer System Evaluation Criteria (NCSC-TG-005) nomi bilan chop etilgan va 1987 yil 31 iyulda tasdiqlangan. Ikkinchisi Trusted Network Interpretation Environments Guideline: Guidance for Applying the Trusted Network Interpretation (NCSC-TG-011) nomi bilan chop etilgan va 1990 yil 1 avgustda tasdiqlangan. 2 ITU-T X.400 Message Handling System (MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash va jo‘natishga oid xalqaro ikkita standartning birini (ikkinchi standart - SMTP) bildiradi. U ifodalashni, uzatishni va etkazib qo‘yishni muhofazalashning turli usullarini qo‘llab- quvvatlashni ta’minlaydi. X.400 standartini uning muqovasi sababli qizil kitob deb ham atashadi. 1
433qoidabuzar modeli qoidabuzarning amaliy va nazariy imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va joyi va h.k.ni aks ettiruvchi mavhum (rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmagan) tavsifi. 1
434qoldiq axborot Xotira qurilmasida operatsion tizim tomonidan rasman o‘chirilgan ma’lumotlardan qolgan axborot. Axborot faylning rasman o‘chirilishi yoki xotira qurilmalarining fizik xususiyatlari sababli qolishi mumkin. qoldiq axborot, agarda ma’lumotlar ombori nazorat zonasidan tashqari chiqib ketsa (masalan, “axlat” bilan tashlab yuborilsa yoki uchinchi tomonga berilsa), konfidensial axborotning ixtiyorsiz tarqalishiga olib kelishi mumkin. 1
435qora ro‘yxat Avtomatik tarzda e’tiborga olinmasligi yoki blokirovka qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektlarning xostlari, manzillari va boshqa identifikatorlarining ro‘yxati. qora ro‘yxatlardan foydalanish “ro‘yxatda ko‘rsatilganlardan tashqari barcha ob’ektlarga amallarni bajarishga ruxsat etish” tamoyilini amalga oshiradi. 1
436qora quti tamoyili bo‘yicha testlash qora quti tamoyili bo‘yicha testlashda testdan o‘tqazuvchi blokning ichki tuzilishidan bexabar. Testlovchi to‘g‘ri va noto‘g‘ri kirish va chiqishda unga mos keladigan to‘g‘ri ifodalarni aniqlaydi. Agar olingan va hisoblangan ifodalar bir xil bo‘lsa, DTning moduli to‘g‘ri hisoblanadi. 1
437qotil paketlar Tizimga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali tizimni ishdan chiqarish uslubi. 1
438 quyi pog‘ona tili Tizimga tarmoq dasturlaridagi xatolardan foydalanuvchi Ethernet yoki IP paketlarini jo‘natish yoki tizim ishini halokatli tugatish orqali tizimni ishdan chiqarish uslubi. 1
439qumdon Kompyuter xavfsizligida dasturlarning xavfsiz bajarilishi uchun mexanizm. qumdon ko‘pincha testlanmagan yoki notanish manbalardan olingan tekshirilmagan kodni yurgizish, hamda viruslarni yurgizish va aniqlash uchun ishlatiladi. qumdon odatda mehmon dasturni bajarish uchun qattiq nazorat qilinadigan resurslar to‘plamidan iborat – masalan, disk yoki xotiradagi joy. Tarmoqqa kirish, asosiy operatsion tizimga murojaat etish yoki kiritish qurilmalaridan axborotni o‘qish odatda yo qisman emulyasiya qilinadi, yo kuchli cheklangan bo‘ladi. qumdonlar virtualizatsiyaning misoli bo‘la oladi. q: virtual mashina 1
440qurilma fayli qurilma fayli dasturiy ta’minotga standart qirish/chiqish tizim chaqiruvlari orqali qurilma drayveri bilan aloqada bo‘lishga imkon berib, ko‘plab vazifalarni soddalashtiradi. 1