So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 461-480 of 529 items.
#So`zIzohKategorya 
  
461hisoblash mashinasi Axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui. Hisoblash mashinalari murakkab va takrorlanadigan vazifalarni tezda, aniq va sifatli bajarishi hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni tezda saqlashi va o‘qishi mumkin. Mashinalarning ikkita turi bor: raqamli hisoblash mashinalari va analog hisoblash mashinalari. Hozirgi paytda asosan raqamli hisoblash mashinalari ishlatiladi. 1
462hisoblash resurslari almashuvi Internetga ulangan bir nechta kompyuterlar orasida hisoblash va boshqa resurslar bilan almashish imkoniyatini beradigan texnologiya. 1
463hisoblash texnikasi vositalarining muhofazalanganligi ko‘rsatkichi Muhofazalanganlikni belgilovchi tavsifnoma. Muhofazalanganlik klassga ko‘ra pog‘ona va chuqurlik bo‘yicha o‘zgarib boruvchi ma’lum talablar guruhi. 1
464hisoblash texnikasi vositalarining muhofazalanganlik klassi Hisoblash texnikasi vositalarini axborotdan ruxsatsiz foydalanishdan muhofazalashga doir aniq talablar majmui. 1
465hisoblash texnikasi vositasi Axborot raqamli shaklda taqdim etilgan holda axborotga ishlov berish uchun texnika vositasi. Hisoblash texnikasi vositasiga protsessorlar, selektiv va multipleks kanallari, tashqi xotira qurilmalari, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari, foydalanuvchining kompyuter bilan bevosita aloqa qilish qurilmalari, ma’lumotlarga masofadan ishlov berish tizimlari qurilmalari, ishonch oshirish qurilmalari va h.k. kiradi. 1
466hisoblash texnikasining ob’ekti Ko‘chmas yoki ko‘chma ob’ekt. Axborotga ishlov berishga oid muayyan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan hisoblash texnikasi vositalarining majmuasi. Hisoblash texnikasi ob’ektlariga avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborot-hisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa majmualari kiradi. 1
467hisoblash tizimi Ma’lumotlarga ishlov berish vazifasini bajarish uchun kompyuterning o‘zaro ishlovchi apparatli va dasturiy vositalari majmui. Hisoblash tizimi misoli sifatida dasturlar o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterni keltirish mumkin. 1
468hosila klassi Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashda - xossalarni superklassdan me’ros qilib oladigan klass. “Turi” munosabatlarni tavsiflaydi, masalan, kvadrat - bu to‘rtburchakning turi. 1
469hududiy tarmoq Tarkibiy qismlari turli geografik nuqtalarda joylashgan axborot tarmog‘i. Hududiy tarmoq katta hududni – tuman, viloyat, mintaqa, mamlakat, mamlakatlar guruhini qamrab oladi. qit’alarni qamrab oladigan tarmoq global tarmoq deyiladi. Hududiy va global tarmoqlarning alohida xususiyatlariga keng polosali uzun kanallar, ko‘p sonli kommutatsiya bog‘lamalari yoki aloqa yo‘ldoshlaridan foydalanish kiradi. 1
470hujjat Matn, tovush yoki tasvir shaklida axborot yozilgan, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy ob’ekt. 1
471hujjatlashtirilmagan axborot Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, signal, texnik echim, jarayonlar shaklida fizik maydon va muhitlarda aks ettirilgan ma’lumotlar. 1
472hujum Kompyuter muhofazasini buzishga qaratilgan harakat. Masalan, badniyat mantiq, tutib olish. Misol sifatida DOS (xizmat ko‘rsatishni rad etish) hujumini ko‘rsatish mumkin. Bunday hujum uyushtirilganda foydalanuvchilar odatda foydalanayotgan xizmat yoki resurslardan foydalana olmaydi. 1
473hujum signaturasi Hujum yoki virusni aniqlash uchun ishlatiladigan xarakterli belgilar. Zamonaviy antivirus, zaifliklar skanerlari va aniqlash tizimlarining aksariyati bevosita hujum tanasi (virus fayli yoki eksploitga tegishli bo‘lgan tarmoq paketi)dan olingan “sintaksik” signaturalardan foydalanadi. SHuningdek, xulq-atvor yoki anomaliyalarga asoslangan signaturalar ham mavjud – masalan, kompyuterdagi tarmoq portlarining biriga o‘ta agressiv murojaat. 1
474hujum yuzasi Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi vazifalarini echishda qo‘llaniladigan va mumkin bo‘lgan zaif joylarning umumiy sonini bildiradigan atama. Serverda qancha ko‘p komponent o‘rnatilgan bo‘lsa, mumkin bo‘lgan zaif joylarning soni shunchalik ko‘p va, demak, hujum yuzasi shunchalik katta. Serverlarga hujum uyushtirish uchun tarmoq qo‘llanmalaridan foydalanilishi mumkin, buning uchun hujumning potensial imkoniyatlarini kamaytirish uchun kerak bo‘lmagan xizmat va qo‘llanmalarni o‘chirib va foydalanishni boshqarishning ma’lum ro‘yxatiga ega brandmauerni o‘rnatib, tarmoqda ishlatilayotgan qo‘llanmalar sonini kamaytirish kerak. 1
475hujumni payqash Tizim ob’ektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda ishlatiladigan mexanizm. 1
476huquqiy kibernetika Huquqiy tizimning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimi sifatidagi axborot xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. 1
47710 Mbps 10 Megabit sekundiga. Ethernet tarmog‘ida uzatish tezligi. 1
478100 Mbps 100 Megabit sekundiga. Fast Ethernet va FDDI tarmoqlarida uzatish tezligi. 1
479100Base-FX Optik kabel asosli uzatish tezligi 100 Megabit sekundiga bo‘lgan Ethernet tarmoqlari uchun IEEE 802.3 spetsifikatsiyasi. 1
480100Base-T Burama juft (“o‘rama juft”) asosidagi ekranlanmagan kabel asosida uzatish tezligi 100 Megabit/sekund bo‘lgan Ethernet tarmoqlari uchun IEEE 802.3 spetsifikatsiyasi. 1