So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 401-420 of 529 items.
#So`zIzohKategorya 
  
4012.75G Ba’zi protokollar, masalan, GSM va CDMA2000 uchun EDGE, 3G xizmatiga to‘g‘ri keladi (chunki ularning axborot o‘tkazish tezligi 144 kbit/sekunddan yuqori), lekin ular ko‘pchilik tomonidan 2.75G xizmatlari deb ko‘riladi, chunki ular “xaqiqiy” 3G xizmatlaridan bir necha bor sekinroq. 1
4023G Uchinchi avlod mobil tizimlari yuqori tezlikda yuqoridan pastga axborot yuborish 14,4 Mbit/sekund pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga - 5,8 Mbit/sekund tezlikda uzatishga imkon beradi. 3G multimedia ta’minotini, masalan, to‘liq harakatdagi video, video konferensiya va Internetga kirishni qo‘llaydi. 1
4033GPP Third Generation Partnership Project Uchinchi avlod mobil telefonlari uchun tasniflar ishlab chiqaruvchi konsorsium. Mobil aloqa tizimlarida Internet protokollarini targ‘ib qilgan 3G.IP guruhi davomchilari. Birinchi ish natijalaridan biri - bu GPRSdir. Keyinchalik guruh 3GPP nomi bilan qayta nomlandi. 1
4043.5G High-Speed Downlink Packet Access (HSDPA) - High-Speed Packet Access (HSPA) oilasining yaxshilangan 3G mobil aloqa protokoli, yanada yuqoriroq tezlikda axborot uzatuvchi 3.5 G va 3G+ turlari mavjud. Joriy HSDPA faoliyati 1,8, 3,6, 7,2, 14 Mbit/sekund axborot yuborish tezligini qo‘llaydi. Bundan yuqori 42 Mbit/ sekundga etuvchi tezlik HSPA+ da mavjud. 1
4054G To‘rtinchi avlod mobil aloqa. U 3G va 2G standartlarining davomchisidir. 4G tizimi to‘liq va xavfsiz IPga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchi “xohlagan paytda” va “xohlagan joyda” axborot va multimedia orqali oldingi avlodlardan ancha yuqori bo‘lgan tezlikda axborot almashishi kutiladi. 1
406AAA Authentication, Authorization and Accounting Mazkur atama axborot xavfsizligida foydalanishga ruxsat berish va uni nazorat qilish jarayonini ta’riflash uchun ishlatiladi. 1
407ABI Application Binary Interface qo‘llanmalarning binar interfeysi. Operatsion tizimning resurslaridan qo‘llanmalarning foydalanish usulini aniqlaydigan spetsifikatsiya. To‘la o‘girishdan o‘tkazilgan qo‘llanmalarning bir xil ABIlik tizimlar orasida ko‘chuvchanligini ta’minlaydi. 1
408AC Alternating Current O‘zgaruvchan tok. 1
409AC-3 AC-3 formati (shuningdek, Dolby Digital ham). Dolby Laboratories tomonidan ishlab chiqilgan raqamli oqim formati. Beshta asosiy va bitta past chastotali tovush kanallari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. 1
410ACE Access Control Entry Kira olishni boshqarish yozuvi (ro‘yxatdan foydalana olish nuqtasi). Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida kira olishni boshqarish (ACL) ro‘yxatining elementi. 1
411ACID Atomicity, Consistency, Isolation, Durability Atomarlik, ziddiyatsizlik, yakkalanganlik, mustahkamlik. Bular tranzaksiyaga xos xususiyatlardir. Atomarlik (atomicity) xususiyati, tranzaksiyaga kirayotgan amallar bo‘linmas ish birligidek namoyon bo‘ladi, ya’ni barcha amallar yo muvaffaqiyatli yakunlanadi, yo bekor qilinadi. Bu tizim ziddiyatsizligini (consistency) kafolatlash imkonini beradi: tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan tizim, tranzaksiya boshlanishidan oldin ham, u yakunlanganidan keyin ham ziddiyatsizlik holatida bo‘ladi. Yakkalanganlik (isolation) xususiyati ziddiyatsizlikni tranzaksiya davomiga ham tegishli qiladi, ya’ni bajarish davomida bir tranzaksiya boshqa yakunlanmagan tranzaksiyalar qilgan o‘zgarishlarni “ko‘rmaydi”. Mustahkamlik (durability) bajarib bo‘lingan tranzaksiyalar o‘zgarishlari, pastki pog‘onalardagi to‘xtab qolishlardan qat’iy nazar, xoh bexosdan qayta yuklanish bo‘lsin, xoh qurilmalarning buzilishi bo‘lsin, saqlanishini bildiradi. 1
412ACK ACKnowledgement Tasdiqlash. Ma’lumotlar muvaffaqiyatli qabul qilinganligini tasdiqlovchi signal. 1
413ACL Access Control List Foydalanishning nazorat ro‘yhatlari. Foydalanishni tanlangan boshqarishga asoslangan tizimlarning asosini tashqil qiladi. Ular muayyan ob’ektdan kim yoki nima foydalana olishi hamda ushbu sub’ekt ob’ekt bilan qanday operatsiyalarni bajara olishi yoki bajara olmasligini belgilaydi. ACLga asoslangan xavfsizlik modeliga ega tizimda, sub’ekt ob’ekt ustida operatsiyani bajarishni so‘raganda tizim avval ushbu sub’ektga ruxsat etilgan operatsiyalar ro‘yxatini tekshiradi va faqat shundan so‘ng so‘ralgan harakatga ruxsat beradi yoki bermaydi. 1
414ACM Association for Computing Machinery Hisoblash texnikasi bo‘yicha uyushma. Hisoblash texnikasi sohasidagi xalqaro uyushma. 1
415ACPI Advanced Configuration and Power management Interface ACPI spetsifikatsiyasi, elektr ta’minot konfiguratsiyasi va uni boshqarish uchun yaxshilangan interfeys. Operatsion tizim bilan shaxsiy kompyuter apparat vositalari elektr ozuqa konfiguratsiyasi va uni boshqarish uchun o‘zaro aloqada ishlashini tavsiflovchi ochiq spetsifikatsiya. qurilmalarni dasturiy ravishda, elektr ozuqani kamroq sarflash rejimiga va uni teskari oldingisiga o‘tkazish. 1
416ActiveX Veb-sahifalar yaratuvchilariga interaktiv muhitni yaratish imkonini beruvchi texnika vositalari va amallar to‘plami, ko‘p sonli asboblarni yaxlit qilib birlashtirish vositasi. 1
417Ada Yгqori pog‘ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri - 1980 yillar boshida AqSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo‘llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo‘lib, jiddiy to‘ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va murakkab axborot tizimlari yaratishni ta’minlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Ada ma’lumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini qo‘llaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys (1815-52) sharofati bilan shunday nom olgan. 1
418qabul qiluvchi optoelektron modul Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. 1
419qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. 1
420qayd yozuvi Kompyuter tarmog‘ida saqlanuvchi foydalanuvchining ma’lumotlari. Odatda foydalanuvchining tarmoqdagi ismi, paroli, huquqlari, haqiqiy ismi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 1