So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 381-400 of 529 items.
#So`zIzohKategorya 
  
381hisoblash tizimi Ma’lumotlarga ishlov berish vazifasini bajarish uchun kompyuterning o‘zaro ishlovchi apparatli va dasturiy vositalari majmui. Hisoblash tizimi misoli sifatida dasturlar o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterni keltirish mumkin. 1
382hosila klassi Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashda - xossalarni superklassdan me’ros qilib oladigan klass. “Turi” munosabatlarni tavsiflaydi, masalan, kvadrat - bu to‘rtburchakning turi. 1
383hududiy tarmoq Tarkibiy qismlari turli geografik nuqtalarda joylashgan axborot tarmog‘i. Hududiy tarmoq katta hududni – tuman, viloyat, mintaqa, mamlakat, mamlakatlar guruhini qamrab oladi. qit’alarni qamrab oladigan tarmoq global tarmoq deyiladi. Hududiy va global tarmoqlarning alohida xususiyatlariga keng polosali uzun kanallar, ko‘p sonli kommutatsiya bog‘lamalari yoki aloqa yo‘ldoshlaridan foydalanish kiradi. 1
384hujjat Matn, tovush yoki tasvir shaklida axborot yozilgan, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy ob’ekt. 1
385hujjatlashtirilmagan axborot Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, signal, texnik echim, jarayonlar shaklida fizik maydon va muhitlarda aks ettirilgan ma’lumotlar. 1
386hujum Kompyuter muhofazasini buzishga qaratilgan harakat. Masalan, badniyat mantiq, tutib olish. Misol sifatida DOS (xizmat ko‘rsatishni rad etish) hujumini ko‘rsatish mumkin. Bunday hujum uyushtirilganda foydalanuvchilar odatda foydalanayotgan xizmat yoki resurslardan foydalana olmaydi. 1
387hujum signaturasi Hujum yoki virusni aniqlash uchun ishlatiladigan xarakterli belgilar. Zamonaviy antivirus, zaifliklar skanerlari va aniqlash tizimlarining aksariyati bevosita hujum tanasi (virus fayli yoki eksploitga tegishli bo‘lgan tarmoq paketi)dan olingan “sintaksik” signaturalardan foydalanadi. SHuningdek, xulq-atvor yoki anomaliyalarga asoslangan signaturalar ham mavjud – masalan, kompyuterdagi tarmoq portlarining biriga o‘ta agressiv murojaat. 1
388hujum yuzasi Kompyuter tizimlari axborot xavfsizligi vazifalarini echishda qo‘llaniladigan va mumkin bo‘lgan zaif joylarning umumiy sonini bildiradigan atama. Serverda qancha ko‘p komponent o‘rnatilgan bo‘lsa, mumkin bo‘lgan zaif joylarning soni shunchalik ko‘p va, demak, hujum yuzasi shunchalik katta. Serverlarga hujum uyushtirish uchun tarmoq qo‘llanmalaridan foydalanilishi mumkin, buning uchun hujumning potensial imkoniyatlarini kamaytirish uchun kerak bo‘lmagan xizmat va qo‘llanmalarni o‘chirib va foydalanishni boshqarishning ma’lum ro‘yxatiga ega brandmauerni o‘rnatib, tarmoqda ishlatilayotgan qo‘llanmalar sonini kamaytirish kerak. 1
389hujumni payqash Tizim ob’ektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda ishlatiladigan mexanizm. 1
390huquqiy kibernetika Huquqiy tizimning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimi sifatidagi axborot xususiyatlarini o‘rganuvchi fan. 1
39110 Mbps 10 Megabit sekundiga. Ethernet tarmog‘ida uzatish tezligi. 1
392100 Mbps 100 Megabit sekundiga. Fast Ethernet va FDDI tarmoqlarida uzatish tezligi. 1
393100Base-FX Optik kabel asosli uzatish tezligi 100 Megabit sekundiga bo‘lgan Ethernet tarmoqlari uchun IEEE 802.3 spetsifikatsiyasi. 1
394100Base-T Burama juft (“o‘rama juft”) asosidagi ekranlanmagan kabel asosida uzatish tezligi 100 Megabit/sekund bo‘lgan Ethernet tarmoqlari uchun IEEE 802.3 spetsifikatsiyasi. 1
39510Base-2 IEEE 802.3 Ethernet standartini ingichka koaksial kabeldan foydalanib amalga oshirish. SHuningdek, Thinnet deb ham ataladi. 1
39610Base-5 IEEE 802.3 Ethernet standartini yo‘g‘on koaksial kabeldan foydalanib amalga oshirish. Shuningdek, Thicknet deb ham ataladi. 1
39710Base-F IEEE 802.3 Ethernet standartini optik kabeldan foydalanib amalga oshirish. 1
3981G Birinchi avlod tarmoqsiz telefonlar texnologiyasi, mobil telekommunikatsiya. Bu analog turdagi telekomunikatsiya standartidir. 1980 yillarda taqdim qilingan va 2G raqamli telekommunikatsiya tomonidan yangilangan. 1G va 2G orasidagi eng katta farq - bu 1G analog radio signallarini, 2G esa raqamli radio signallarini ishlatadi. Bunday standartlardan biri, bu NMT (Nordic Mobile Telephone); u Skandinaviya davlatlarida, Shveysariya, Niderlandiya, Sharqiy Evropa va Rossiyada qo‘llangan. Boshqa turi - AMPS (Advanced Mobile Phone System) AqSH va Avstraliyada va TACS (Total Access Communications System) Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan. 1
3992G Mobil aloqaning ikkinchi avlodi, ovozni raqamli kodlaydi. 2G tarmoqlari ovozni yuqori bit tezligida o‘tkazishni, chegaralangan axborot aloqalarni va turli darajadagi kodlashni qo‘llaydi. 2G tarmoqlari GSM, D- AMPS (TDMA) va CDMAlarni o‘z ichiga oladi. 1
4002.5G 2.5G - 2Gning kengaytirilgan turi. U o‘ziga paket-ulagich aloqa va yaxshilangan axborot uzatish tezligi xususiyatlarini olgan. 2.5G tarmoqlari EDGE va GPRSlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu tarmoqlar WAP, MMS, SMS mobil o‘yinlarni hamda izlash va kataloglarni qo‘llaydi. 1