| 441 | qurilma fayli | qurilma fayli dasturiy ta’minotga standart qirish/chiqish tizim chaqiruvlari orqali qurilma drayveri bilan aloqada bo‘lishga imkon berib, ko‘plab vazifalarni soddalashtiradi. | 1 | |
| 442 | qurolsizlantirilgan zona | Axborot perimetri himoyasini ta’minlash texnologiyasi. Unda tashqi tarmoqdan kelgan so‘rovlarga javob beruvchi yoki u erga so‘rovlarni yuboruvchi serverlar tarmoqning alohida DMZ segmentida joylashgan bo‘lib, ularning asosiy segmentlarga kira olishi tarmoqlalaro ekran yordamida cheklangan. Bunda ichki va tashqi tarmoq orasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri ulanishlar mavjud bo‘lmaydi – barcha ulanishlar faqat DMZdagi serverlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu serverlar so‘rovlarga ishlov berib va o‘z so‘rovlarini yaratib, javobni qabul qiluvchiga o‘z nomidan yuboradi. | 1 | |
| 443 | qurt | Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan muxtor dastur. qurtlar xotira, xotira qurilmalari yoki ma’lumotlarga ishlov berish vaqti kabi mavjud resurslarni kamaytirish uchun yaratiladi. | 1 | |
| 444 | qo‘lga kiritish | Aloqa kanallari bo‘ylab uzatiladigan axborotni ruxsatsiz, shu jumladan, ishlab turgan radioelektron vositalarning nomaqbul nurlanishlarini qabul qilish hisobiga ajratib olish bilan bog‘liq har qanday harakat. | 1 | |
| 445 | qo‘lyozma matnini tanish | qo‘lyozma matnini ramzlarni kodlar ketma- ketligiga aylantirish texnologiyasi. qo‘lyozma matnini tanish, matnni skaner yoki yorug‘lik perosi yordamida axborot tizimiga kiritish imkonini beradi. Jipslashgan matnni tanish dasturiy ta’minotdan qo‘lyozmaning uzluksiz chizig‘ini ayrim ramzlariga ajratishni talab qiladi. Bu oson masala emas, vahalanki, qo‘lyozmaning o‘zi yakka ma’noli emas. Bunda, lug‘atlarni ishlatish qo‘l keladi. O‘qiydigan tizimlar ham mavjud bo‘lib, ular har bir foydalanuvchiga 25-35 so‘zni yozib berishni taklif qiladi. Tizim yozilganlarni o‘rganadi va mazkur foydalanuvchi qo‘lyozmasini taniy oladi. | 1 | |
| 446 | qo‘llanma | Ma’lum foydalanish sohasida ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiruvchi jami dasturlar. | 1 | |
| 447 | qo‘riqlanadigan axborot | Mulkdorlik predmeti bo‘lgan axborot. U huquqiy hujjatlar asosida yoki axborot mulkdori tomonidan o‘rnatilgan talablarga binoan muhofaza qilishi zarur. | 1 | |
| 448 | qo‘shilish | Turli axborot manbalaridan kelayotgang ikki yoki undan ortiq ma’lumotlar oqimini birlashtirish. | 1 | |
| 449 | halqa tarmog‘i | O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. SHu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. YUqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega. | 1 | |
| 450 | halqali tekshirish | Raqamli axborotning ishonchliligini “shleyf” bo‘yicha baholash usuli. Liniyaning qabul qilish tomonidan, teskari yo‘nalishda qabul qilingan barcha ma’lumotlar oqimini retranslyasiya qilish orqali amalga oshiriladi. Uzatuvchi tomonidan qabul qilingan va dastlab uzatilgan ketma-ketliklar taqqoslanadi, keyin xato qabul qilingan belgilar soni aniqlanadi. | 1 | |
| 451 | halqasimon tekshiruv uchun test | Halqasimon tekshiruv rejimida ishonchlilikni baholashda foydalaniladigan test ketma-ketligi. Ishonchlilikni baholash uzatilgan va qabul qilingan ketma-ketlikni taqqoslash hamda sinovlarni o‘tkazishning butun davrida aniqlangan xatolar sonini hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. | 1 | |
| 452 | hammabop elektron savdo maydonchasi | Har xil sotuvchilar tomonidan boshqariladigan va turli tuman mahsulotlar hamda xizmatlarni tarqatadigan elektron do‘konlar majmuasi. | 1 | |
| 453 | harakatlanuvchi tasvirlar sohasidagi ekspertlar guruhi | Video va audio uchun standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot. MPEG 1983 yilda tashkil etilgan. Standartlashtirishda bu guruhga tasvirlarni zichlashtirish usullari, ularni uzatish va tiklash sohasi ajratilgan. 1993 yilda videodisklarda ishlatiladigan MPEG texnologiyasi standartlari ishlab chiqildi. 1995 yilda DVD raqamli videodisk pleerlari, televizorlar, HDTV, videokameralar, yo‘ldosh tarmoqlarning raqamli televizion qabul qilgichlari uchun standartlar paydo bo‘ldi. | 1 | |
| 454 | harfli-raqamli kodlash | Harflar, sonlar va alfavitning boshqa ramzlaridan tashkil topgan koddan foydalanib kodlash. | 1 | |
| 455 | haqiqiy vaqt | Jarayon sodir bo‘layotgan vaqt muddati. Haqiqiy vaqt ob’ektning kirish signallariga yoki ma’lumotlarga javoban shunday ta’sirlanishini belgilaydiki, bu holda u chiqish signalarini yoki ma’lumotlarni etarlicha tez ishlab chiqishga ulguradi. Shu asosda haqiqiy vaqt tizimlari quriladi, haqiqiy vaqtda analitik ishlov berish bajariladi. | 1 | |
| 456 | haqiqiy vaqt tili | Haqiqiy vaqt rejimida ishlaydigan tizimlar jarayonlarini tavsiflash uchun foydalaniladigan maxsus til. Haqiqiy vaqt tillariga ADA va Modula tillari kiradi. | 1 | |
| 457 | haqiqiylikni tekshirish | Shaxs yoki ob’ekt haqiqiyligini tekshirish jarayoni. Masalan, foydalanuvchi haqiqiyligini tekshirish uchun foydalanuvchining ismi va paroli kerak bo‘lishi mumkin. | 1 | |
| 458 | hisobdorlik | Tizim sub’ektlari faoliyatini nazorat qilish va ma’lum harakatlar uchun javobgarlikni o‘rnatish uchun ularni individual identifikatorlar bilan bog‘lashga imkon beruvchi tizim xususiyati. AKT xavfsizligi tamoyillaridan biri. | 1 | |
| 459 | hisoblash jarayoni | Kompyuterda vazifalarni bajarish jarayoni. | 1 | |
| 460 | hisoblash majmui | Yagona hisoblash tizimi sifatida ishlaydigan ikki yoki undan ko‘p kompyuterlar majmui | 1 | |