So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 481-500 of 529 items.
#So`zIzohKategorya 
  
48110Base-2 IEEE 802.3 Ethernet standartini ingichka koaksial kabeldan foydalanib amalga oshirish. SHuningdek, Thinnet deb ham ataladi. 1
48210Base-5 IEEE 802.3 Ethernet standartini yo‘g‘on koaksial kabeldan foydalanib amalga oshirish. Shuningdek, Thicknet deb ham ataladi. 1
48310Base-F IEEE 802.3 Ethernet standartini optik kabeldan foydalanib amalga oshirish. 1
4841G Birinchi avlod tarmoqsiz telefonlar texnologiyasi, mobil telekommunikatsiya. Bu analog turdagi telekomunikatsiya standartidir. 1980 yillarda taqdim qilingan va 2G raqamli telekommunikatsiya tomonidan yangilangan. 1G va 2G orasidagi eng katta farq - bu 1G analog radio signallarini, 2G esa raqamli radio signallarini ishlatadi. Bunday standartlardan biri, bu NMT (Nordic Mobile Telephone); u Skandinaviya davlatlarida, Shveysariya, Niderlandiya, Sharqiy Evropa va Rossiyada qo‘llangan. Boshqa turi - AMPS (Advanced Mobile Phone System) AqSH va Avstraliyada va TACS (Total Access Communications System) Buyuk Britaniyada qo‘llanilgan. 1
4852G Mobil aloqaning ikkinchi avlodi, ovozni raqamli kodlaydi. 2G tarmoqlari ovozni yuqori bit tezligida o‘tkazishni, chegaralangan axborot aloqalarni va turli darajadagi kodlashni qo‘llaydi. 2G tarmoqlari GSM, D- AMPS (TDMA) va CDMAlarni o‘z ichiga oladi. 1
4862.5G 2.5G - 2Gning kengaytirilgan turi. U o‘ziga paket-ulagich aloqa va yaxshilangan axborot uzatish tezligi xususiyatlarini olgan. 2.5G tarmoqlari EDGE va GPRSlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu tarmoqlar WAP, MMS, SMS mobil o‘yinlarni hamda izlash va kataloglarni qo‘llaydi. 1
4872.75G Ba’zi protokollar, masalan, GSM va CDMA2000 uchun EDGE, 3G xizmatiga to‘g‘ri keladi (chunki ularning axborot o‘tkazish tezligi 144 kbit/sekunddan yuqori), lekin ular ko‘pchilik tomonidan 2.75G xizmatlari deb ko‘riladi, chunki ular “xaqiqiy” 3G xizmatlaridan bir necha bor sekinroq. 1
4883G Uchinchi avlod mobil tizimlari yuqori tezlikda yuqoridan pastga axborot yuborish 14,4 Mbit/sekund pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga - 5,8 Mbit/sekund tezlikda uzatishga imkon beradi. 3G multimedia ta’minotini, masalan, to‘liq harakatdagi video, video konferensiya va Internetga kirishni qo‘llaydi. 1
4893GPP Third Generation Partnership Project Uchinchi avlod mobil telefonlari uchun tasniflar ishlab chiqaruvchi konsorsium. Mobil aloqa tizimlarida Internet protokollarini targ‘ib qilgan 3G.IP guruhi davomchilari. Birinchi ish natijalaridan biri - bu GPRSdir. Keyinchalik guruh 3GPP nomi bilan qayta nomlandi. 1
4903.5G High-Speed Downlink Packet Access (HSDPA) - High-Speed Packet Access (HSPA) oilasining yaxshilangan 3G mobil aloqa protokoli, yanada yuqoriroq tezlikda axborot uzatuvchi 3.5 G va 3G+ turlari mavjud. Joriy HSDPA faoliyati 1,8, 3,6, 7,2, 14 Mbit/sekund axborot yuborish tezligini qo‘llaydi. Bundan yuqori 42 Mbit/ sekundga etuvchi tezlik HSPA+ da mavjud. 1
4914G To‘rtinchi avlod mobil aloqa. U 3G va 2G standartlarining davomchisidir. 4G tizimi to‘liq va xavfsiz IPga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchi “xohlagan paytda” va “xohlagan joyda” axborot va multimedia orqali oldingi avlodlardan ancha yuqori bo‘lgan tezlikda axborot almashishi kutiladi. 1
492AAA Authentication, Authorization and Accounting Mazkur atama axborot xavfsizligida foydalanishga ruxsat berish va uni nazorat qilish jarayonini ta’riflash uchun ishlatiladi. 1
493ABI Application Binary Interface qo‘llanmalarning binar interfeysi. Operatsion tizimning resurslaridan qo‘llanmalarning foydalanish usulini aniqlaydigan spetsifikatsiya. To‘la o‘girishdan o‘tkazilgan qo‘llanmalarning bir xil ABIlik tizimlar orasida ko‘chuvchanligini ta’minlaydi. 1
494AC Alternating Current O‘zgaruvchan tok. 1
495AC-3 AC-3 formati (shuningdek, Dolby Digital ham). Dolby Laboratories tomonidan ishlab chiqilgan raqamli oqim formati. Beshta asosiy va bitta past chastotali tovush kanallari haqidagi axborotni o‘z ichiga oladi. 1
496ACE Access Control Entry Kira olishni boshqarish yozuvi (ro‘yxatdan foydalana olish nuqtasi). Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida kira olishni boshqarish (ACL) ro‘yxatining elementi. 1
497ACID Atomicity, Consistency, Isolation, Durability Atomarlik, ziddiyatsizlik, yakkalanganlik, mustahkamlik. Bular tranzaksiyaga xos xususiyatlardir. Atomarlik (atomicity) xususiyati, tranzaksiyaga kirayotgan amallar bo‘linmas ish birligidek namoyon bo‘ladi, ya’ni barcha amallar yo muvaffaqiyatli yakunlanadi, yo bekor qilinadi. Bu tizim ziddiyatsizligini (consistency) kafolatlash imkonini beradi: tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan tizim, tranzaksiya boshlanishidan oldin ham, u yakunlanganidan keyin ham ziddiyatsizlik holatida bo‘ladi. Yakkalanganlik (isolation) xususiyati ziddiyatsizlikni tranzaksiya davomiga ham tegishli qiladi, ya’ni bajarish davomida bir tranzaksiya boshqa yakunlanmagan tranzaksiyalar qilgan o‘zgarishlarni “ko‘rmaydi”. Mustahkamlik (durability) bajarib bo‘lingan tranzaksiyalar o‘zgarishlari, pastki pog‘onalardagi to‘xtab qolishlardan qat’iy nazar, xoh bexosdan qayta yuklanish bo‘lsin, xoh qurilmalarning buzilishi bo‘lsin, saqlanishini bildiradi. 1
498ACK ACKnowledgement Tasdiqlash. Ma’lumotlar muvaffaqiyatli qabul qilinganligini tasdiqlovchi signal. 1
499ACL Access Control List Foydalanishning nazorat ro‘yhatlari. Foydalanishni tanlangan boshqarishga asoslangan tizimlarning asosini tashqil qiladi. Ular muayyan ob’ektdan kim yoki nima foydalana olishi hamda ushbu sub’ekt ob’ekt bilan qanday operatsiyalarni bajara olishi yoki bajara olmasligini belgilaydi. ACLga asoslangan xavfsizlik modeliga ega tizimda, sub’ekt ob’ekt ustida operatsiyani bajarishni so‘raganda tizim avval ushbu sub’ektga ruxsat etilgan operatsiyalar ro‘yxatini tekshiradi va faqat shundan so‘ng so‘ralgan harakatga ruxsat beradi yoki bermaydi. 1
500ACM Association for Computing Machinery Hisoblash texnikasi bo‘yicha uyushma. Hisoblash texnikasi sohasidagi xalqaro uyushma. 1