630

Update Delete

ID630
So`zhalqa tarmog‘i
Izoh O‘zagi davriy halqa bo‘lgan kabelli lokal tarmoq. Bunday tarmoqda davriy halqa fizik ulanishlar vositasi vazifasini bajaradi. Ushbu halqaning ishlash ishonchliligiga butun tarmoqning ishlay olish qobiliyati bog‘liq. Mono halqa kanalining uzilishi tarmoq faoliyatining to‘xtashiga olib keladi. SHu sababli sodda halqali kanal tarmoq qiymati eng kam bo‘lishi lozim bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi. YUqori ishonchlilik halqa tarmog‘ida qayta ulanadigan konsentratorli halqa ishlatiladi, u tarmoqning ishdan chiqqan qismlarini uzib qo‘yadi. Bundan ham yuqori ishonchlilikni juft halqa ta’minlay oladi, u ikki halqadan biri ishdan chiqqan holatlarda ham ishlash imkoniyatiga ega.
Kategorya1