So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 161-180 of 529 items.
#So`zIzohKategorya 
  
161axborot xavfsizligi1 Axborotning uning egasiga zarar keltiradigan tasodifan yoki qasddan qilingan tahdidlarga (xavf-xatarlarga) chidamliligining umumlashgan xossasi. 2 Axborotning holati. Bu holat axborot tashuvchisining (axborotlashtirish ob'ekti, ma'lumotlarni uzatish tarmog'i va boshqalarni) uni qayta ishlash, saqlash va uzatishda axborotning konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik kabi xususiyatlarga ega bo'lib qolishini ta'minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi. 3 Axborotning chiqib ketishi, soxtalashtirilishi, nusxa olinishi, o'zgartirilishi, oshkor bo'lishi, buzilishi, qamal qilinishiga olib keluvchi beruxsat tasodifan yoki qasddan qilingan amallardan muhofazalanganligi. Konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik axborot xavfsizligining tavsifnomasi bo'lib hisoblanadi. 4 Axborot munosabatlari sub'ektiga zarar etkazish mumkinligi bilan bog'liq bo'lgan xavf ehtimolining yo'qligi. 5 Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning axborot sohasida muhofaza qilinganlik holati. 6 Axborot xavfsizligi uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat: konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik osonligi. Konfidensiallik nozik axborotni ruxsatsiz olishdan muhofaza qilishga tegishli. Butunlik axborot va dasturli ta'minotning aniqligi va to'liqligini muhofaza qilishni bildiradi. Kirishimlilik osonligi ? bu axborot va asosiy xizmatlarning foydalanuvchi uchun kerakli paytda foydalanish osonligini ta'minlash. 7 Axborot va qo'llab-quvvatlovchi infratuzilmaning muhofaza qilinganligi. Bunda tasodifan yoki atayin qilingan, tabiiy yoki sun'iy tavsifga ega bo'lgan va axborot va qo'llab-quvvatlovchi infratuzilma egasi yoki foydalanuvchilariga zarar etkazishi mumkin bo'lgan ta'sirlardan muhofazalash nazarda tutilgan.1
162axborot xavfsizligi konsepsiyasiDavlat axborot xavfsizligi konsepsiyasi - milliy manfaatlar xavfsizligini ta'minlashning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari va asosiy yo'nalishlariga qarashlarning jami. Davlat axborot xavfsizligi konsepsiyasida axborot xavfsizligini ta'minlashning ob'ektlari, maqsadlari, vazifalari va mavjud muammolar belgilanadi. Tashkilot axborot xavfsizligi konsepsiyasi ? tashkilotning axborot xavfsizligi sohasidagi umumiy ko'rinishdagi maqsadlari va prioritetlari ko'rsatilgan va ushbu maqsadlarga erishishning umumiy yo'llari belgilangan hujjat1
163axborot xavfsizligi mezoniTurli xavf-xatar faktorlari ta'siriga nisbatan axborot xavfsizligini tavsiflovchi mezon.1
164axborot xavfsizligi ob'ektiAxborot sohasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligi sub'ektlarining huquq va erkinliklari; axborot resurslari; axborot infratuzilmasi.1
165axborot xavfsizligi sub'ektiAxborot xavfsizligi sub'ektlariga davlat organlari ko'rinishidagi davlat, yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar kiradi.1
166axborot xavfsizligini ta'minlashFoydalanuvchining axboroti muhofazasiga qo'yilgan me'yor va talablarni bajarish. Bunda qoidabuzarning telekommunikatsiya tarmog'i ob'ektlariga va ularda aylanib yuradigan axborotga ma'lum ta'sirlaridan muhofazalash nazarda tutiladi.1
167axborot xizmatlari1 Foydalanuvchiga axborot mahsulotini etkazish bo'yicha ma'lum shaklda amalga oshiriladigan axborot faoliyati. 2 Sub'ektlar (mulkdorlar va egalar)ning foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan ta'minlash bo'yicha harakatlari. 3 Foydalanuvchilar ixtiyoriga ularga kerakli axborot mahsulotlarini hujjatli yoki elektron shaklda taqdim etish, shuningdek, foydalanuvchilarga tegishli axborot yoki axborot mahsulotlarini axborot tarmoqlari bo'ylab tarqatish.1
168axborot eskirishiAxborotning vaqt o'tishi bilan o'zining amaliy qiymatini yo'qotish xususiyati. U ushbu axborot aks ettiruvchi fan sohasi ahvolining o'zgarishiga bog'liq.1
169axborot komprometatsiyasiPinhoniy axborotning chiqib ketishi yoki oshkor bo'lishi, yo mualliflashtirilmagan sub'ektlar tomonidan olinishi1
170axborot qonunchiligi1 Axborot aylanishi va axborotni ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasiga oid jami qonunlar, me'yoriy aktlar va boshqa huquqiy rostlash shakllari. 2 Axborot muammolariga to'liq bag'ishlangan qonunchilikning ba'zi sohalarini ham, butunlay maxsus me'yoriy aktlarni ham, shuningdek, qonunchilikning boshqa sohalari uchun alohida axborot-huquqiy me'yorlarni ham o'z ichiga oluvchi yaxlit soha.1
171axborotdan foydalanish1 Axborot bilan tanishish, unga ishlov berish, jumladan, ko'chirish, o'zgartirish yoki o'chirish. 2 Sub'ektning axborot bilan tanishish imkoni. SHuningdek, texnik vositalar yordamida tanishish ham nazarda tutiladi. 3 Axborot bilan tanishish yoki unga qayta ishlash imkoniga ega bo'lish.1
172axborotdan foydalanish sub'ekti1 Axborot jarayonlarida huquqiy munosabatlar ishtirokchisi. 2 Harakatlari foydalanishni cheklash qoidalari bilan tartibga solingan ixtiyoriy shaxs yoki jarayon.1
173axborotlashtirish1 Yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy jarayoni. (qonun) 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va bilim hamda axborotni tarqatish jadal jarayoni. 3 Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha sohalarida axborot va bilimlardan foydalanish samaraliligini oshirish, fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborot ehtiyojlarini qondirish va axborot jamiyatiga o'tish uchun sharoitlar yaratish maqsadida AKTdan keng ko'lamli foydalanish jarayoni. 4 Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish va foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi axborot tizim va tarmoqlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlarni olish ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy- iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni1
174axborotlashtirish vositalariJamiyatni axborotlashtirish jarayonida foydalaniladigan asbobiy, apparat va dasturiy vositalar, shuningdek axborot texnologiyalari1
175axborotlashtirish ob'ektiBerilgan axborot texnologiyalariga muvofiq ishlatiladigan, axborot resurslari, vositalari va axborotga ishlov berish tizimlari, ko'makchi texnika vositalari, ular o'rnatilgan binolar yoki ob'ektlar (imoratlar, inshootlar, texnika vositalari), yoki maxfiy muzokaralarni olib borish uchun mo'ljallangan binolar va ob'ektlar majmuasi.1
176axborotlashtirishning texnik- texnologik asosiIstiqbolli axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari, hisoblash va telekommunikatsiya texnikasi vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish sohalarining va shu sohaga xizmat ko'rsatuvchi ilmiy tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari va korxonalarining majmui hamda shu sohaning mutaxassis xodimlari.1
177axborotni kriptografik o'zgartirishKriptografik usullar (shifrlash va shifrni ochish, elektron raqamli imzo chekish va uni tekshirish, xesh-funksiyani hosil qilish va uni tekshirish) qo'llashga asoslangan axborot o'zgartirish jarayoni.1
178axborotni muhofazalash1 Axborot xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf qilish. 2 Axborot egalariga keltiriladigan zararning oldini olish yoki zarar keltirishni qiyinlashtirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnik (dasturiy-apparat) tadbirlar majmui. 3 Axborot butunligi, konfidensialligi va undan foydalanish qulayligini ta'minlashga qaratilgan usullar va vositalar majmui. Axborotga bo'layotgan tabiiy va sun'iy tavsifdagi tahdidlar ta'siri sharoitida ularni qo'llash, axborot egalariga yoki foydalanuvchilariga zarar keltirishning oldini oladi.1
179termometrTana haroratini o'lchash uchun ishlatiladigan qurilma2
180Axloqkishilarning bir-biriga, oilaga, Vatanga, jamiyatga munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti-harakatlar yig`indisidir. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko’rsatadi. Axloqqa milliy urf-odatlar, an’analar ta’sir qiladi. Ba’zi millat kishilari3