So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 201-220 of 529 items.
#So`zIzohKategorya 
  
201aralash mulk bu turli shakldagi mulklarning o'zaro qo'shilib, hamkorlikda o'zlashtirilishi asosida tashkil topadi. Uning yaqqol ko'rinishi aksionerlik jamiyatlardir 15
202audit 1) yillik moliya hisobotini tekshiruvchi va tasdiqlovchi ixtisoslashgan tashkilot (tashqi A.). 2) aksionerlik jamiyatining taftish hay'ati (ichki A.) 15
203auditor revizor-taftish o'tkazuvchi, idoraning, tashkilotning, aksionerlik jamiyatining moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshiruvchi, taftish o'tkazuvchi shaxs 15
204auksion (lat.auction)- <kim oshdi> savdosi, ochiq savdo qilish. Bu savdo davomida mahsulotni eng yuqori narx bo'yicha ko'targan xaridor sotib oladi 15
205aholi daromadlari aholining ma'lum vaqt davomida pul va natura shaklida olgan daromadlari miqdoridan iborat. AD ga ish xaqi, tadbirkor daromadi, pensiya, nafaqa, stipendiya, kapitaldan olinadigan foyda, puldan olingan foiz, devidend, renta, ko'chmas mulk, qishloq xo'jalik mahsulotini, hunarmandchilik buyumlarini sotish va har xil xizmatlar ko'rsatishdan olingan daromadlardir 15
206balans xalq xo'jaligida va umuman xo'jalik, savdo ishlarida bir-biriga bog'liq bo'lgan sohalarning o'zaro muvofiq salmog'i. B. biror korxona yoki tashkilotda muayyan bir muddat oralig'idagi kirim bilan chiqimni, ya'ni daromad bilan buromadni bir-biriga taqqoslab chiqilgan yakun 15
207bank yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo'sh pul mablag'larini bir joyga to'plovchi va uzluksiz aylanib turushini ta'minlovchi, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda beruvchi, tomonlar o'rtasida to'lov va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin va chet el valyutasi bilan bog'liq operasiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi.B. pul qo'yuvchilarga ma'lum foiz to'lab, qarz olganlardan yuqoriroq foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar o'rtasidagi farq bank foydasi hisoblanadi 15
208bank kafilligi bankning o'z mijoziga kafolati. Bank o'z mablag'i hisobidan mijozning ko'rsatilgan muddatda to'lanmagan majburiyatlari bo'yicha hisob-kitob qilish kafilligini oladi. Kafil bank mijozining bunak, avansini qaytarish, savdo-sotiq shartnomasini tuzish va shunga o'xshash shartlarni bajarishi mumkin 15
209bank foiz stavkasi bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori, qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. BFS. o'zgaruvchan ko'rsatkich bo'lib, bank ssudasi qarzga bo'lgan muhtojlikka qarab o'zgartiriladi. BFS miqdori bank va mijoz o'rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanib, qarzning qaysi tarzda va qanday shartlarda berilishiga bog'liq 15
210bankomat mijozning bankdagi hisob raqami bilan kompyuter tizimi orqali bog'langan naqd pul beruvchi elektron moslama 15
211biznes (inglizcha business-ish, faoliyat, mashg'ulot ) boylik, foyda orttirishga yo'naltirilgan ish, faoliyat. Biznes xo'jalik yuritish ko'lamiga qarab yirik, o'rta va mayda turlarga bo'linadi. Xodimlarning o'rtacha soni va mahsulot hajmiga qarab ajratiladi 15
212biznes reja bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning barcha sohalarida qo'llanadigan muhim qurol bo'lib hisoblanadi. Ish jarayoni haqida ma'lumot beradi. Uning yordamida firma o'sib borishi, istiqbolni belgilab borishi, daromadini ko'paytirishi mumkin. BR o'ta muhim moliyaviy hujjat sifatida firma faoliyatini barcha qirralarini tahlil qilishga yordam beradi. U nafaqat ichki hujjati bo'lib, balki kredit olishi uchun zarur bo'ladigan hujjatlardan biridir 15
213biznesmen (inglizcha business-ish, man-odam)- biznes bilan shug'ullanuvchi shaxs, korchalon 15
214birja (goll.beurs, nem. Borse-hamyon)- 1) mahsulot, valyuta va qimmatbaho qog'ozlarni ayirboshlashda, hisob va ma'lumot xizmatlarini amalga oshirishda faol qatnashuvchi sotig'i bo'ladigan jotashkilot. Xizmat ko'rsatgani uchun vositachilik yig'imini oladi; 2) birja savdo-sotig'i bo'ladigan joy. 15
215birja kotirovkasi birjalar orqali sotiladigan mahsulotlar bahosi. Har bir birja ularni ma'lum tizimga soladi va chop etadi 15
216 birja savdosi birjalarning vositachiligida amalga oshiriladigan savdo 15
217bozor iqtisodiyoti erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo'naltirilgan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir 15
218boj (arab.-o'lpon, soliq) - bojxona nazorati ostida davlat tomonidan mamlakat chegarasidan olib o'tiladigan tovarlar, mol-mulk va qimmatbaho qog'ozlardan undiriladigan pul yig'imlari 15
219bojxona chegara orqali o'tadigan jami yuklarni, shu jumladan bagaj va pochta jo'natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi. U o'tkazilayotgan yuklarni tekshirish va ulardan yig'imlarni undirish bilan shug'ullanadi. Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yo'l stansiyalarida, chegara hududlarida va mamlakatning yirik markazlarida joylashadi 15
220bozor sotuvchi va xaridor o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmui. Bozordagi talab va taklif iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy omillar ta'sirida shakllanadi. Talab yo'q, o'tmay qolgan narsa, mol haqida <B. kasod>, talab yuqori bo'lgan , tez o'tadigan narsa, mol haqida esa <B. chaqqon> deyiladi. <B. ko'tarmaydi-»bu tovarni ushbu narxga bozorda hech kim olmaydi degan ma'noni anglatadi. 15