So`zlar bazasi

Create Suzlar

Showing 241-260 of 529 items.
#So`zIzohKategorya 
  
241Jigar O‘ng tomonda qovurg‘alar ostidagi qonni tozalashga yordam beruvchi va uni zaharlardan xalos qiluvchi organ. Yeap2
242Zardob Ilon chaqishi kabi za- hardan davolash uchun ishlatiladi- gan antitoksin (dori). 2
243Illatlar Tug‘ma illatlar: bolaning jismoniy yoki aqlan zaif tug‘ilishi, masalan quyon lab, bo‘ri og‘iz, ortiqcha qo‘l yoki oyoq barmoqlar bilan tug‘ilgan bolalar. 2
244Insulin Oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan, qon tarkibidagi qand miqdorini nazorat qiluvchi modda. Insulin ukollari qandli diabeti bor kasallarini davolashda ishlatiladi. 2
245Yo’ldosh Bachadon ichidagi to‘q qalin va yumshoq qatlam, bola va ona organizmlari qo‘shiladigan joy. Yo‘ldosh odatda bola tug‘ilgandan so‘ng 15-30 minut ichida chiqadi. 2
246Kamqonlik Qon tarkibidagi qizil hujayralarning kamligi natijasida qonning suyuqlashishidan kelib chiqadigan kasallik. Belgilariga charchash, rangning oqarishi va kam harakatlilik kiradi. 2
247Katarakta Bu ko‘z muammosi bo‘lib, bunda ko‘z pardasi asta-sekin xiralashib ko‘rish qobili- yati pasayadi. Ko‘z qorachig‘iga yorug‘lik tushirilganda u kul rang yoki oq bo‘lib ko‘rinadi. 2
248Koma Odamning o‘ziga keltirib bo‘lmaydigan darajada hushidan ketishi. Bu kasallik, jarohat, za- harlanish yoki boshqa kasallik nati- jasida kelib chiqib ko‘pincha o‘limga olib keladi. 2
249Migren Qattiq bosh og‘riq, ba’zan faqat bir taraflama bo‘ladi. Ko‘pin- cha qayt qilishga olib keladi. 2
250Organ (ichki a’zo) - Maxsus vazi- fani bajaruvchi va qisman mustaqil bo‘lgan organizmning bir qismi. Ma- salan: o‘pka, uning vazifasi nafas olish. 2
251qabul qiluvchi optoelektron modul Optik-tolali uzatish tizimida uzatiladigan optik signallarni elektr signallarga aylantirish uchun mo‘ljallangan optoelektronika mahsuloti. 1
252qabul qiluvchi-uzatuvchi optoelektron modul qabul qiluvchi va uzatuvchi optoelektron modullar funksiyalarini bajaradigan, konstruktiv jihatdan yaxlit qilib ishlangan optik ulagichlar yoki optik kabel bo‘laklarining bir yoki bir nechta blokli qismlaridan tuzilgan optoelektronika mahsuloti. 1
253qayd yozuvi Kompyuter tarmog‘ida saqlanuvchi foydalanuvchining ma’lumotlari. Odatda foydalanuvchining tarmoqdagi ismi, paroli, huquqlari, haqiqiy ismi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 1
254qaydlangan marshrutlash Tarmoqda marshrutlash usuli. qaydlangan marshrutlash mo‘ljallanayotgan tarmoq trafigining samaraliroq yo‘llarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar jadvalini tuzishni ko‘zda tutadi. Bunda yo‘nalish avvaldan tanlanadi va tarmoqning holatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 1
255qaynoq almashtirish Elektr manbaini o‘chirmagan va tizim ishini to‘xtatmagan holda tizimning ichki bloklarini, masalan, server qattiq disklarini almashtirish usuli. 1
256qaynoq zaxiralash Zaxiralash usuli bo‘lib, unda qo‘shimcha qurilma asosiy qurilma bilan paralel ishlaydi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha bir xil amallarni bajaradi. Asosiy vositalar to‘liq yoki qisman ishlamay qolganda, agar ular ishida kamchilik aniqlangan bo‘lsa rezervga o‘tish mumkin. 1
257qayta uzatkich Radiotarmoqda ikkita radiokanal o‘zaro ishlashini ta’minlovchi ko‘prik. 1
258qayta ulanadigan konsentratorli halqa O‘zaro bog‘langan bir yoki bir nechta guruh yulduzlar shaklida ifodalangan halqa tarmog‘i. Ulanib turadigan konsentratorning vazifasi davriy halqaning ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Buning uchun konsentrator yoylarni bir-biri bilan shunday ulaydiki, topologiya ma’nosida yulduzsimon tarmoq hosil bo‘ladi. Natijada barcha ulanish bloklari orqali o‘tadigan yagona halqa paydo bo‘ladi. Yoyda yoki abonent tizimida nosozlik paydo bo‘lishi bilan konsentrator tegishli yoyni halqadan o‘chiradi. Shuning evaziga halqaning qolgan qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. 1
259qaytishdagi yo‘qotishlar Telekommunikatsiyalar tizimining istalgan ikki nuqtasi o‘rtasida quvvatning kamayishi. 1
260qaytishdagi optik yo‘qotishlar Komponent yoki qurilma qaytargan optik quvvatning bu komponent yoki qurilma liniyaga yoxud tizimga ulanganda komponent kirishida o‘lchangan optik quvvatga nisbati. 1