| Izoh | 1 Axborotning uning egasiga zarar keltiradigan tasodifan yoki qasddan qilingan tahdidlarga (xavf-xatarlarga) chidamliligining umumlashgan xossasi.
2 Axborotning holati. Bu holat axborot tashuvchisining (axborotlashtirish ob'ekti, ma'lumotlarni uzatish tarmog'i va boshqalarni) uni qayta ishlash, saqlash va uzatishda axborotning konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik kabi xususiyatlarga ega bo'lib qolishini ta'minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi.
3 Axborotning chiqib ketishi, soxtalashtirilishi, nusxa olinishi, o'zgartirilishi, oshkor bo'lishi, buzilishi, qamal qilinishiga olib keluvchi beruxsat tasodifan yoki qasddan qilingan amallardan muhofazalanganligi. Konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik axborot xavfsizligining tavsifnomasi bo'lib hisoblanadi.
4 Axborot munosabatlari sub'ektiga zarar etkazish mumkinligi bilan bog'liq bo'lgan xavf ehtimolining yo'qligi.
5 Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning axborot sohasida muhofaza qilinganlik holati.
6 Axborot xavfsizligi uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat: konfidensiallik, butunlik va kirishimlilik osonligi. Konfidensiallik nozik axborotni ruxsatsiz olishdan muhofaza qilishga tegishli. Butunlik axborot va dasturli ta'minotning aniqligi
va to'liqligini muhofaza qilishni bildiradi. Kirishimlilik osonligi ? bu axborot va asosiy xizmatlarning foydalanuvchi uchun kerakli paytda foydalanish osonligini ta'minlash.
7 Axborot va qo'llab-quvvatlovchi infratuzilmaning muhofaza qilinganligi. Bunda tasodifan yoki atayin qilingan, tabiiy yoki sun'iy tavsifga ega bo'lgan va axborot va qo'llab-quvvatlovchi infratuzilma egasi yoki foydalanuvchilariga zarar etkazishi mumkin bo'lgan ta'sirlardan muhofazalash nazarda tutilgan. |