| Izoh | 1 Axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. (qonun)
2 Tashkiliy (jumladan, axborot jarayonlarini amalga oshiruvchi hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalangan holda) tartibga solingan jami hujjatlar (hujjatlar massivlari) va axborot texnologiyalari.
3 Bir butunni tashkil qiluvchi tartibga solingan jami axborot texnologiyalari, ob'ektlar va ular orasidagi munosabatlar. Ob'ektlar sifatida axborot tizimi tarkibiga aniq axborot jarayonini bajarish uchun kerakli xodimlar, axborot, moddiy- texnikaviy va boshqa resurslar kirishi mumkin.
4 Tartibga solingan funksional nuqtai nazardan o'zaro bog'liq jami dasturiy-apparat vositalari va axborotni to'plash, unga ishlov berish, saqlash va uzatish texnologiyalari.
5 Axborotni yig'ish, saqlash va unga ishlov berish bilan bog'liq bo'lgan istalgan tizim. SHu nuqtai nazardan tizimlashtirilgan kartoteka ham, ma'lumotlar banki ham axborot tizimi hisoblanadi.
6 Foydalanuvchilar (inson va dasturlar) so'rovi bo'yicha axborotni saqlash, izlash va berish uchun mo'ljallangan hisoblash tizimi. Odatda axborot tizimi o'z ichiga katta va murakkab ma'lumotlar bazalari va bilimlar bazalarini olib, bir necha
tashkilot foydalanuvchilarini axborot bilan ta'minlaydi. |