144

Update Delete

ID144
So`zaxborot konfidensialligi
Izoh1 Axborot va uning tashuvchisining holati. Bunda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko'chirishning) oldini olish ta'minlangan. 2 Axborot uchun sub'ektiv ravishda aniqlanadigan (qo'shib yoziladigan tavsifnoma (xossa)). Bu axborotdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan sub'ektlar davrasiga cheklovlar kiritish zaruratini ko'rsatadi. Tizim (muhit) mazkur axborotni undan foydalanish huquqiga egalik vakolatlari bo'lmagan sub'ektlardan sir saqlash qobiliyati bilan ta'minlangan bo'lishi shart. Konfidensiallik ikki yo'l bilan ta'minlanadi. Birinchisi, axborot bilan ishlash huquqiga ega bo'lgan foydalanuvchilar doirasini cheklash. Ikkinchisi, axborotni shifrlash, ya'ni o'qilgan axborotning mazmunini faqat shifrlash kalitiga ega bo'lgan foydalanuvchilargina tushuna oladigan shaklda ifodalash.
Kategorya1